Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilinmoqda
• 21.03.2026
Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilinmoqda

“Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab jami 10 mln 284 mingta ovoz berildi.

✅ Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, jami 1 996 ta (1 980 ta an’anaviy hamda 16 ta sheriklik) loyiha gʻolib deb topildi!

📣 Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

🏆 Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

“Tashabbusli budjet” — xalq budjeti!

Ovoz berish bosqichi yakunlandi
• 21.03.2026
Ovoz berish bosqichi yakunlandi

“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

🏆 G‘olib loyihalar yaqin soatlarda e’lon qilinadi.

Ovoz yig‘ishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi hamda majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
• 16.03.2026
Ovoz yig‘ishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi hamda majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

Xabaringiz bor, hozirda “Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi davom etmoqda.

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–117-son, 10.04.2023-y)ga ko‘ra, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbarlari xodimlarga majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha topshiriq berishi taqiqlanadi.

❗️Ovoz yig‘ishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi hamda majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi.

📞 Agar Siz ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “1176” ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

O‘z ovozingizni qadrlang, uni faqat o‘zingiz munosib deb bilgan loyihaga bering!

Urganch shahrida “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berish jarayoni tiklandi
• 16.03.2026
Urganch shahrida “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berish jarayoni tiklandi

Avvalroq “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ayrim hududlarda ishchi komissiyalari tomonidan loyihalar asossiz rad etilgani yoki mezonlarga zid loyihalar o‘tkazilgani sababli ovoz berish bosqichi vaqtinchalik cheklangani haqida xabar berilgandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining talabiga binoan, Xorazm viloyatining Urganch shahrida ishchi komissiyalar tomonidan loyihalar belgilangan mezonlarga asosan qayta ko‘rib chiqilib, xato va kamchiliklar bartaraf etildi va shunga ko'ra uchbu shaharda ham ovoz berish tiklandi.

✅ Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda jami 10 ta tuman/shaharlarda ovoz berish imkoniyati vaqtinchalik cheklangan bo‘lib, hozirda loyihalar qayta ko‘rib chiqilishi natijasida barcha hududlarda ovoz berish to‘liq tiklandi.

“Tashabbusli budjet” jarayonida majburiy ovoz berishga jalb qilish holatlari toʻgʻrisida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirilgan
• 14.03.2026
“Tashabbusli budjet” jarayonida majburiy ovoz berishga jalb qilish holatlari toʻgʻrisida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirilgan

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ovoz berish jarayonlarida budjet tashkiloti xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlari yuzasidan xabar berish uchun “1176” raqamli ishonch telefoni ishga tushirilgan.

⚡️ Fuqarolar ovoz berishga majburlash holatlari boʻyicha yuqorida qayd etilgan ishonch raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

G‘ozg‘on va Navoiy shaharlarida “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berish jarayoni tiklandi
• 14.03.2026
G‘ozg‘on va Navoiy shaharlarida “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berish jarayoni tiklandi

Avvalroq “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ayrim hududlarda ishchi komissiyalari tomonidan loyihalar asossiz rad etilgani yoki mezonlarga zid loyihalar o‘tkazilgani sababli ovoz berish bosqichi vaqtinchalik cheklangani haqida xabar berilgandi.

🇺🇿 Iqtisodiyot va moliya vazirligining talabiga binoan, Navoiy viloyatining G‘ozg‘on va Navoiy shaharlarida ishchi komissiyalar tomonidan loyihalar belgilangan mezonlarga asosan qayta ko‘rib chiqilib, xato va kamchiliklar bartaraf etildi.

✅ Shunga ko‘ra, ushbu hududlarda loyihalarga ovoz berish bosqichi to‘liq tiklandi.

❗️ Xorazm viloyatining Urganch shahrida komissiya tomonidan loyihalar qayta ko‘rib chiqilgunga qadar cheklov o‘z kuchida qoladi.

Open Budget Logo
Manzil

Toshkent shahri, Istiqlol ko'chasi, 29-uy

Ishonch telefoni

+998 71 203 50 50, (01323 - 01327)

Email

info@openbudget.uz