Ovoz yig‘ishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi hamda majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

Xabaringiz bor, hozirda “Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi davom etmoqda.

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–117-son, 10.04.2023-y)ga ko‘ra, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbarlari xodimlarga majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha topshiriq berishi taqiqlanadi.

❗️Ovoz yig‘ishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi hamda majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi.

📞 Agar Siz ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “1176” ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

O‘z ovozingizni qadrlang, uni faqat o‘zingiz munosib deb bilgan loyihaga bering!