Urganch shahrida “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berish jarayoni tiklandi

Urganch shahrida “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berish jarayoni tiklandi
• 16.03.2026

Avvalroq “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ayrim hududlarda ishchi komissiyalari tomonidan loyihalar asossiz rad etilgani yoki mezonlarga zid loyihalar o‘tkazilgani sababli ovoz berish bosqichi vaqtinchalik cheklangani haqida xabar berilgandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining talabiga binoan, Xorazm viloyatining Urganch shahrida ishchi komissiyalar tomonidan loyihalar belgilangan mezonlarga asosan qayta ko‘rib chiqilib, xato va kamchiliklar bartaraf etildi va shunga ko'ra uchbu shaharda ham ovoz berish tiklandi.

✅ Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda jami 10 ta tuman/shaharlarda ovoz berish imkoniyati vaqtinchalik cheklangan bo‘lib, hozirda loyihalar qayta ko‘rib chiqilishi natijasida barcha hududlarda ovoz berish to‘liq tiklandi.

Open Budget Logo
Manzil

Toshkent shahri, Istiqlol ko'chasi, 29-uy

Ishonch telefoni

+998 71 203 50 50, (01323 - 01327)

Email

info@openbudget.uz