G‘ozg‘on va Navoiy shaharlarida “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berish jarayoni tiklandi

Avvalroq “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ayrim hududlarda ishchi komissiyalari tomonidan loyihalar asossiz rad etilgani yoki mezonlarga zid loyihalar o‘tkazilgani sababli ovoz berish bosqichi vaqtinchalik cheklangani haqida xabar berilgandi.

🇺🇿 Iqtisodiyot va moliya vazirligining talabiga binoan, Navoiy viloyatining G‘ozg‘on va Navoiy shaharlarida ishchi komissiyalar tomonidan loyihalar belgilangan mezonlarga asosan qayta ko‘rib chiqilib, xato va kamchiliklar bartaraf etildi.

✅ Shunga ko‘ra, ushbu hududlarda loyihalarga ovoz berish bosqichi to‘liq tiklandi.

❗️ Xorazm viloyatining Urganch shahrida komissiya tomonidan loyihalar qayta ko‘rib chiqilgunga qadar cheklov o‘z kuchida qoladi.